Entso Mareska Kukurelyani alohida e'tirof etdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) Mark Kukurelya haqida gapirdi.
Ispaniyalik himoyachi "ko'klar" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq o'yin o'tkazdi.
"Kukurelyada doim g'alaba ruhi bo'ladi. Men aniq futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin Kuku bilan bog'liq vaziyatda shunday qilaman. U juda aqlli, kiyinish xonasidagi etakchilardan biri", - dedi Mareska g'alabadan so'ng.