"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalidagi raqib haqidagi savolga javob berdi.

Seshanba kuni "ko'klar" "Fluminense"ni 2:0 hisobida engdi. Ikkinchi finalchi chorshanba kuni "Real" va "PSJ" o'rtasidagi bahsda aniqlanadi.

"Finalda biz bilan "Real" yoki "PSJ" o'ynashining menga farqi yo'q. Biz o'yin strategiyamizga sodiq qolishda davom etamiz va yakshanba kuni uning yordamida g'alaba qozonishga harakat qilamiz," - dedi Entso Fernandes "Fluminense" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Sporty TV'ga bergan intervyusida.