"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes 2024/25 yilgi mavsumda erishgan yutuqlari haqida gapirdi.

"Ko'klar" klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi (3:0). Bu jamoaning Entso Mareska qo'l ostida yil davomidagi ikkinchi sovrini bo'ldi - may oyida ular Konferentsiyalar ligasida g'olib chiqqandi.

"O'ylaymanki, bu mavsumda individual darajada ko'p narsaga erishdim. Klub bilan golli uzatmalar, gollar va sovrinlar borasida muvaffaqiyatga erishdim - "Chelsi"ga kelganimdan beri aynan shunga intilgandim," - deya argentinalikning so'zlarini keltiradi The Touchline.