Londonning "Chelsi" klubi xavbeki Entso Fernandes Angliya Premer-ligasida moslashish bilan bog'liq muammolar haqida gapirdi.

Argentinalik futbolchi 2023 yilning yanvarida "ko'klar" safiga qo'shilgan, transfer qiymati 121 mln evroni tashkil qilgandi. Dastlab kelishuv muvaffaqiyatsiz deb atalgan, ammo vaqt o'tishi bilan futbolchi jamoa etakchisiga aylana oldi.

"Ochig'ini aytsam, menimcha, Premer-ligadagi kabi tezlik dunyoning boshqa hech qaerida yo'q. Birinchi yili ularga etib ololmayotgandek tuyuldi. O'zimni yomon his qildim, jarohatlar oldim. Hammasi shunday boshlangan," - deya Fernandesning so'zlarini keltiradi AlbicelesteTalk.