Entoni Elanga Aleksandr Isakni dunyoning eng yaxshi hujumchisi deb atadi

Entoni Elanga Aleksandr Isakni dunyodagi eng zo'r hujumchi deb ta'rifladi.
Elanga va Isak Shvetsiya milliy terma jamoasida to'p tepadi. "Nyukasl" hujumchisiga "Liverpul" va "Al-Hilol" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Aleks kabi yuqori darajadagi futbolchilar atrofida doimo shov-shuv bo'ladi. Ammo u hozirda "Nyukasl" o'yinchisi bo'lgani uchun doimo juda e'tiborli.
Menimcha, u dunyodagi eng yaxshi hujumchi, shu bilan birga, men har doim ishonch bildira oladigan va maslahat so'ray oladigan ajoyib inson. U doimo menga yordam berishga tayyor va men undan juda minnatdorman," - dedi o'tgan hafta "Nottingem Forest"dan 55 million funt sterlingga o'tgan "Nyukasl"ning yangi yarim himoyachisi.