Parijliklar oldingi mavsumni Chempionlar ligasi va Frantsiyadagi barcha ichki turnirlar g'olibi sifatida yakunlagandi.

Bugun Luis Enrike jamoasi yana bir sovrin – UEFA Superkubogini qo'lga kiritishi mumkin.

Finalda "PSJ" "Tottenxem" bilan uchrashadi.

"Mashg'ulotlarga ijobiy kayfiyat bilan qaytdik, tarix yaratishni davom ettirmoqchimiz. Maqsadimiz - Chempionlar ligasida ketma-ket ikki marta g'alaba qozonish.

O'tgan yili hech kim bizni turnirda g'alaba qozonishga qodir deb o'ylamagandi. Orzumiz amalga oshdi, xursandmiz, ammo endi ikkinchi g'alabani orzu qilyapmiz", - dedi Enrike "Tottenxem" bilan o'yin oldidan.