Enrike: "Bizda himoyachilarga juda yuqori talablar qo'yiladi"

Frantsiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning yangi futbolchisi Ilya Zabarniyning «Nant»ga qarshi bo'lib o'tadigan Frantsiya chempionatining birinchi turi doirasidagi o'yinda maydonga tushishi haqida gapirdi.
"Ilya maydonga tushadimi? Balki, u bu o'yin uchun futbolchilar ro'yxatida bo'lar. Himoyachi - bu juda qiyin pozitsiya.
Bizda bu futbolchilarga juda yuqori talablar qo'yiladi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi RMC Sport.