Endrikni Evropaning 5 ta klubi ijaraga olmoqchi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrikga Evropaning 5 ta klubi qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum yakuniga qadar braziliyalik futbolchini Italiyaning "Yuventus" va "Milan", Germaniyaning "RB Leyptsig" va "Bayer", shuningdek, Ispaniyaning "Vilyarreal" klublari ijaraga olmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Konur.
"Qaymoqranglilar"ning pozitsiyasi noaniqligicha qolmoqda: ba'zi manbalar Madrid grandi hujumchini o'yin amaliyoti uchun vaqtincha boshqa klubga jo'natishga tayyorligi haqida xabar berdi, shuningdek, 18 yoshli futbolchini olib qolish niyati haqida ham ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Endrik "Real"ga o'tgan yilning yozida "Palmeyras"dan o'tgan edi. Futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda 37 ta o'yinda 7 ta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.