Endrik yangi mavsumni qaysi raqamda o'tkazishi ma'lum bo'ldi

Madridning "Real" klubi markaziy hujumchisi Endrik katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham "qirollik klubi"da o'tkazadi. 19 yoshli braziliyalik forvard jarohati sabab "Real Sosedad"ga transferi bekor bo'lgandi.
Xabarlarga ko'ra, Endrik yangi mavsumni ham 16-raqamda o'tkazadi. U "Real"dan 9-raqamni so'ramagan va Gonsalo Garsiya bu raqamni olishiga qarshi emas.
Endrikning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 35 million evroga baholagan.