Endrik "Real"ni tark etishiga yaiiin kelgan edi, ammo kelishuv barbod bo'ldi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik ijara asosida "Real Sosedad"ga o'tishi mumkin edi. Braziliyalik futbolchi hujumdagi raqobatni hisobga olgan holda Xabi Alonso jamoasida muntazam o'yin amaliyotiga umid qilishi qiyin bo'ladi, shuning uchun "qaymoqranglilar" 19 yoshli futbolchini ijaraga berishga tayyor edi. Jurnalist Aranchi Rodriges xabariga ko'ra, bask klubi istiqbolli hujumchining transferi bo'yicha deyarli kelishib olgan, biroq jarohat tufayli so'nggi pallada kelishuvni bekor qilishga to'g'ri kelgan.
Endi Endrik Madridda qolishi deyarli aniq edi. O'tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda "Real" safida 37 ta o'yinda 7 ta gol va bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.