Eldorni sotgan «Roma» APL o'tgan mavsumida 1 ta gol urgan hujumchini sotib olmoqchi

"Roma" "Brayton" hujumchisi Evan Fergyusonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, 20 yoshli irlandiyalik boshqa jamoalar qiziqish bildirayotganiga qaramay, Rim klubiga o'tishga rozilik bergan.
Biroq, "Brayton" Evan uchun 45 million evro olmoqchi, "Roma" esa narxni pasaytirishga umid qilmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Fergyuson "Brayton" safida APLda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Qishda u ijara asosida "Vest Xem"ga o'tdi va u erda 8 o'yinda gol ura olmadi.