Vinger Entoni Elanga rasman "Nottingem Forest"dan "Nyukasl"ga o'tdi.

"Qarg'alar" shvetsiyalik futbolchining transferini tasdiqladi. Bitim qiymati 60 mln evrodan ko'proqqa baholanmoqda. Jurnalist Saymon Stounning ma'lum qilishicha, ushbu kelishuv orqali "Manchester Yunayted" taxminan 7 mln evro ishlab olgan. "Qizil iblislar" futbolchini keyingi sotish summasidan ulush olishlari kerak edi.

Entoni Elanga 2015 yildan 2023 yilgacha "MYu" tizimida o'ynagan, shundan so'ng 16 million evro evaziga "Nottingem Forest"ga o'tgan. O'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi "o'rmonchilar" safida Premer-ligada 38 ta uchrashuvda 6 ta gol va 11 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.