Ekitikening "Liverpul"dagi maoshi ma'lum bo'ldi

Hujumchi Yugo Ekitike "Ayntraxt"dan "Liverpul"ga o'tishga yaqinlashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli jurnalist Patrik Bergerning yozishicha, ingliz klubida frantsuz soliqlar to'lanishidan oldin bir mavsum uchun taxminan 15-16 million evro ishlab topadi.
Ekitike seshanba kuni "Liverpul" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Ko'p o'tmay Yugo "Liverpul" bilan olti mavsumga - 2031 yilning yarmigacha shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, matbuotda "Ayntraxt" va "Liverpul" klublari 23 yoshli Ugo Ekitikeni 95 million evroga (bonus to'lovlarini hisobga olgan holda) transfer qilishga kelishib olgani haqida xabar berilgandi.