Chorshanba kuni "Liverpul" hujumchi Ugo Ekitikeni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. 23 yoshli futbolchi Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan ko'chib o'tdi, transfer qiymati taxminan 90 mln evroni tashkil etdi, bonuslar bilan hisoblaganda esa 95 mln evroga etishi mumkin.

Ekitike futbol tarixidagi oltinchi eng qimmat frantsiyalik bo'ldi, deb xabar beradi Actu Foot. Faqat Kilian Mbappe ("PSJ", 180 mln), Usmon Dembele ("Barselona", 135 mln), Antuan Grizmann ("Barselona", 120 mln), Pol Pogba ("Manchester Yunayted", 105 mln) va Randal Kolo-Muani ("PSJ", 95 mln) uchun ko'proq pul to'langan.

Mersisaydliklarning yangi a'zosi transferlari xaridorlarga 80 mln evroga tushgan Uesli Fofana, Orelen Tchuameni va Lyuka Ernandesni reytingda ortda qoldirdi, bir vaqtlar "Real" tomonidan 77,5 mln evroga sotib olingan Zinedin Zidan ham ortda qoldi.