EChL yangi mavsumiga qachon qur'a tashlanishi ma'lum bo'ldi

Hozirda Evropada Chempionlar ligasiga saralash pley-off o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, Chempionlar ligasi yangi mavsumi umumiy bosqichi o'yinlariga 28 avgust kuni qur'a tashlanadi.
Turnirning amaldagi g'olibi "PSJ". U o'tgan mavsum finalda "Inter"ni tor-mor keltirgan - 5:0.