17 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida dzyudo bo'yicha klublar o'rtasidagi "Ayollar ligasi" musobaqasi bo'lib o'tadi.

Unda 12 ta jamoa 4 ta guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi hamda Osiyo jamoalari qatnashadigan turnirda ilk bor dzyudochi qizlarimizdan tarkib topgan "Saber" jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.    

Jamoamiz tarkibi:

-52 kg: Muhayyo Ahmatova 

-52 kg: Fotima Tursunboeva

-57 kg: Shukurjon Aminova

-63 kg: Sarvinoz Husanova

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva

+70 kg: Irisxon Qurbonboeva

+70 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva

Murabbiylar: Andrey Shturbabin, Qahramon Nurillaev.