Dyumfrisning tovon puli muddati tugadi

"Inter" himoyachisi Denzel Dyumfrisni sotib olish endi yanada qiyinlashadi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchining "neradzurrilar" bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasidagi 25 million evro tovon puli muddati tugadi.
Unga ushbu yozda eng jiddiy qiziqishni "Barselona" ko'rsatdi, ammo transferga harakat qilib ko'rmadi.