Dyu Plessi: "Bu mening eng kuchli raqibim emas"

UFC’ning o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni, janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi Xamzat Chimaevga qarshi bo'ladigan jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ular 17 avgust kuni Chikagoda o'tadigan UFC 319 turnirida to'qnash keladi.
"Bu har qanaqangi holatda ham ajoyib lahzalar. Shu kungacha men barcha raqiblarimni engganman. Bu mening eng kuchli raqibim emas. Bu men uchun navbatdagi sinov xolos. Men Chimaevning g'alabali seriyasini to'xtatgan birinchi jangchi bo'lishga harakat qilaman", — dedi dyu Plessi matbuot anjumanida.
Manba: MMA Junkie