Viktor Dyokeresh tez orada "Arsenal"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Avvalroq, "kanonirlar" forvard transferi bo'yicha "Sporting" bilan og'zaki kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, klublar barcha kerakli hujjatlarni ma'qullab, jarayonni yakunlagan.

27 yoshli futbolchi safar uchun rasmiy ruxsat oldi. Uning tibbiy ko'rigi yaqin 24 soat ichida boshlanadi.

Jurnalist Ben Jeykobning tasdiqlashicha, Dyokeresh 63,5+10 mln evroga sotib olinadi. Unga ko'ra, futbolchi juma kuni Londonga etib boradi.