Dyokereshni 80 million evroga sotib olish mumkin

"Sporting" rahbariyati jamoa to'purari Viktor Dyokeresh bo'yicha 80 million evrolik (69 million funt) takliflarni qabul qilish bo'yicha yakuniy qarorga keldi, deya xabar berdi A Bola nashri.
Hozirda 27 yoshli shvetsiyalik hujumchiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Dyokeresh jamoadan ketish maqsadida mashg'ulotlarga ham boykot e'lon qilishi mumkinligi aytilgandi.