Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh yana "Manchester Yunayted"ga o'tishdan bosh tortdi.

Futbolchi taklifni rad etdi va faqat "Arsenal"da o'ynashni xohlayotganini bildirdi, deb yozadi insayder Fabritsio Romano. 27 yoshli forvard hamon "kanonirlar" "Sporting" bilan kelisha olishiga ishonmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" va "Sporting" transfer shartlarini hozirgacha kelishib olmagan.