Dyokeresh boykot e'lon qildi

Hujumchi Viktor Dyokereshning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 27 yoshli shvetsiyalik o'zini "Arsenal"da ko'rmoqchi, ammo "Sporting" londonliklar taklifini haligacha qabul qilgani yo'q.
The Athletic xabariga ko'ra, Dyokeresh boykot e'lon qilgan - u "Sporting" bilan mavsumoldi tayyorgarlikka kirishmoqchi emas. Futbolchi allaqachon klub prezidenti Frederik Varandashga jamoada boshqa o'ynamasligini ma'lum qilgan.
Dyokeresh o'zini xiyonatga uchragandek his qilmoqda, chunki Varandash uni 60 million evro + 10 million bonus evaziga qo'yib yuborishga va'da bergan. "Arsenal" allaqachon ko'proq taklif qilmoqda, ammo "Sporting" hali ham transferga "yashil chiroq" yoqmadi.