Dyokeresh "Arsenal" uchun debyut golini urdi

Shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh Londonning "Arsenal" klubi safidagi ilk golini urdi.
Londonliklar Bilbaoning "Atletik" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Dyokeresh hisobni ochdi.
Oradan ikki daqiqa o'tib Bukayo Saka "kanonirlar"ning ustunligini oshirdi. O'yindagi uchinchi golni Kay Xaverts kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Dyokeresh "Arsenal"ga Lissabonning "Sporting" klubidan 65,8 mln evro evaziga o'tgan edi. 27 yoshli shvetsiyalikning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.