Dyokeresh "Arsenal"da qaysi raqamni tanlaydi?

"Arsenal" va "Sporting" Viktor Dyokereshning transferi bo'yicha to'liq kelishib oldi.
Portugaliya klubi hujumchiga Londonga ketishga ruxsat berdi.
26 iyul, shanba kuni "Arsenal" bilan shartnoma imzolashdan oldin forvardning tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Viktor Dyokeresh ingliz klubida "kanonirlar"ning sobiq hujumchisi Terri Anri harakat qilgan 14-raqamni tanlaydi.
"Arsenal" futbolchining transferi uchun 63,5 million evro va 10 million bonus to'laydi.