Dunyoning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da'vogarlar aniqlandi.

France Football jurnali Yoxan Kroyff nomidagi mukofotga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Sovrin uchun da'vogarlar: Antonio Konte ("Napoli"), Luis Enrike ("PSJ"), Xans-Diter Flik ("Barselona"), Entso Mareska ("Chelsi"), Arne Slot ("Liverpul").

G'olib nomi 22 sentyabr kuni "Oltin to'p"ni topshirish marosimida e'lon qilinadi.

Mukofotning amaldagi egasi Karlo Anchelotti hisoblanadi.