"Xorazm" himoyachisi Doston Tursunov legionerga aylanadi.

Tajribali himoyachiga Eron klublaridan takliflar bor edi. Lekin u Eronga borishni istamadi. Futbolchi Gongkong klubiga o'tishga qaror qildi.

Uning yangi jamoasi Li Man bo'ladi.

30 yoshli Tursunov yangi jamoasida yilga taxminan 300 ming dollar ishlab topadi.