Dorgu: "Kunya "MYu"ga foyda olib keladi"

"Manchester Yunayted"ning chap qanot himoyachisi Patrik Dorgu jamoadoshi Matey Kunyani maqtadi. "Qizil iblislar" braziliyalik forvardni joriy mavsum oralig'ida "Vulverxempton"dan sotib oldi. Transfer narxi 70 million evrodan oshdi.
"Kunya - kuchli futbolchi, u o'tgan mavsumda "bo'rilar" safida yaxshi harakat qildi. Umid qilamanki, u o'zining eng yaxshi fazilatlarini "Manchester Yunayted"ga olib kela oladi. U to'pni qanday boshqarishini, kombinatsion o'yinda qanchalik yaxshi ekanini ko'rdingiz. U gol ura oladi, bu bizga kerak", - dedi Dorgu.
Shanba kuni Matey Kunya “Manchester Yunayted” safida ilk bor maydonga tushdi: u “Lids”ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonda 45 daqiqa harakat qildi, o'yin esa golsiz durang bilan yakunlandi.