Donnarummaning "PSJ" bilan shartnomasini nega uzaytirmagani ma'lum bo'ldi

Agent Entso Rayola Janluidji Donnarummaning "PSJ" bilan shartnomasi nega uzaytirilmagani haqida gapirdi.
Parijliklar darvozabon bilan kelisha olmadi, amaldagi kelishuv esa kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Parijliklar safida italiyalik o'rnini Lyuka Shevale egallaydi.
"Biz klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qildik. Murabbiy bir oy ichida fikrini o'zgartirdi deb o'ylamayman. Aynan shu narsa meni eng ko'p xafa qiladi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda, eng to'g'ri qaror shartnomani uzaytirmaslik edi," - dedi Entso Rayola Sky Sport’ga bergan intervyusida Janluiji klubini o'zgartirishi haqida e'lon qilganidan ko'p o'tmay.
Donnarumma faoliyatini qaerda davom ettirishi hozircha noma'lum, ammo mish-mishlarga ko'ra, u allaqachon "Manchester Siti"ga rozilik bildirgan.