"PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma boshlang'ich tarkibdagi o'rni borasida yuzaga kelgan mavhumlikdan norozi. RMC Sport’ga ma'lum bo'lishicha, italiyalik darvozabon klubning tez orada yangi darvozabon kelishi haqidagi ogohlantirishidan ranjigan - "PSJ" tarkibiga Lyuk Shevale qo'shilishi kutilmoqda.

Albatta, Donnarumma jamoa to'rtta chempionlik - Frantsiya chempionati, Frantsiya kubogi, Frantsiya Superkubogi va Chempionlar ligasini qo'lga kiritgan ajoyib 2024/2025 yilgi mavsumdan so'ng zaxirada qolishni istamaydi.

Janluiji Donnarummaning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar qiyin kechmoqda.