"Pari Sen-Jermen" darvozaboni Janluiji Donnarumma joriy transferlar davrida klubini o'zgartirishi mumkin.

Italiyalik futbolchining Liga 1 grandi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. Tomonlar yangi shartnoma shartlarini kelisha olmadi va "PSJ"da allaqachon o'rinbosar topildi: Luis Enrike jamoasi tez orada "Lill"dan "birinchi raqam"ga aylanishi kutilayotgan Lyuka Shevaleni sotib oladi.

Ayni paytda, jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, Donnarumma faoliyatini qaerda davom ettirishni o'zi allaqachon hal qilgan. Manbaga ko'ra, 26 yoshli darvozabon Angliya Premer-ligasida o'zini sinab ko'rishni rejalashtirmoqda. Futbolchi uchun asosiy da'vogar "Manchester Yunayted" hisoblanadi.