Donnarumma muhim o'yin uchun qaydnomadan chetlatildi

Italiyalik darvozabon Janluidji Donnarumma "PSJ"ning "Tottenxem"ga qarshi UEFA Superkubogi o'yini uchun qaydnomadan chetlatildi.
Insayder Fabritsio Romano ushbu yangilik bilan o'rtoqlashdi. Italiya terma jamoasi darvozaboni parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmadi va klubni tark etmoqda.
Shu tariqa, evrokubok uchun o'yinda parijliklar darvozasini yo jamoaning yangi o'yinchisi Luka Shevale yoki o'tgan mavsumda jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni bo'lgan rossiyalik Matvey Safonov himoya qiladi.