"PSJ"ning italiyalik darvozaboni Janluidji Donnarummaning "Manchester Siti"ga o'tgan taqdirda qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.

La Stampa nashriga ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli Donnarumma Angliyada yiliga 12 million evro va turli bonuslar oladi. Manbaga ko'ra, darvozabonni sotib olish "Manchester Siti"ga taxminan 35 million evroga tushishi mumkin.

Donnarumma 2021 yildan beri "PSJ" sharafini himoya qilmoqda. Ammo darvozabonning yaqin mavsumda jamoada qolmasligi allaqachon ma'lum.

Bu vaqt ichida darvozabon frantsuz grandi libosida 161 ta o'yin o'tkazib, 56 marta o'z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.