Donadoni: "Modrichning tajribasi maydon tashqarasida ham foydali bo'ladi"

Italiya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq futbolchisi Roberto Donadoni klubning yangi o'yinchisi, xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichni yuqori baholamoqda.
"Luka kabi chempion nafaqat maydonda, balki uning tashqarasida ham foydali bo'ladi. U yoshlarni g'alabalarga o'rgatishi mumkin.
Yosh o'yin vaqtida muhim rol o'ynashi mumkin, lekin sifatda emas. Uning tajribasi "Milan" uchun foydali", - deya Donadonining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.