Dokeresh "Arsenal"ning ikki futbolchisini ajratib ko'rsatdi

Lissabonning "Sporting" jamoasi markaziy hujumchisi Viktor Dokeresh Angliyaning ikki nufuzli klubi - Londonning "Arsenal" va "Manchester Siti"ning o'yin darajasi haqida fikr bildirdi.
"Arsenal" va "Man Siti" bilan o'yinlar o'tkazganimizda, ularning futbol darajasini his qildim. Bular ajoyib jamoalar. Saliba va Gabriel bilan kurashishimga to'g'ri keldi. Bu juda kuchli himoyachilar juftligi. Shunday yuqori mahoratli futbolchilarga qarshi o'ynash juda qiziqarli", - deydi futbolchi.
O'tgan mavsumda Dokeresh Portugaliya jamoasining 52 ta o'yinida ishtirok etdi. Skandinaviyalik hujumchi 54 ta gol urib, 13 ta golli uzatma berdi.