«Dinamo» ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashganini e'lon qildi

«Dinamo» klubi Superliga 2-davrasi oldidan tarkibda o'zgarishlarga qo'l urmoqda.
«Dinamo» PFK jamoa yarim himoyachisi Vohidjon Oqbo'taev va tojikistonlik himoyachi Manuchehr Safarov bilan o'zaro kelishuvga ko'ra xayrlashganini ma'lum qildi.
"Har ikki futbolchiga ham jamoadagi faoliyati va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.