«Dinamo» jamoasi Belarusdagi dastlabki nazorat o'yinini o'tkazdi.

Belarus chempionatida 2-o'rinda borayotgan «Slaviya»ga qarshi uchrashuvda samarqandliklar bosh murabbiyi aralash tarkib va yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazdi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. "Dinamo"ning goliga Sanjar Qodirqulov mualliflik qilgan bo'lsa, Xislat Xalilovning penaltidan yo'llagan zarbasi golga aylanmadi.

"Sherlar" navbatdagi nazorat bahsini 23 iyul kuni «Molodechno» klubiga qarshi o'tkazadi.

Nazorat uchrashuvi. 20 iyul. Minsk
«Slaviya» - «Dinamo» 3:1
Gollar: Ivanov 2, Solovey 12, Lixtin 65 – Sanjar Qodirqulov 17
Foydalanilmagan penalti: Xislat Xalilov 78.
«Dinamo» (asosiy tarkib): Ravshanbek Yagudin, Akbar Abdurasulov, Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboev, Ulug'bek Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Ratino, Jahongir Abdusalomov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.