Diego Simeone: Menga "Atletiko"da "toshbaqalar" kerak emas"

Diego Simeone "Atletiko"da "toshbaqalar"ni ko'rishni istamasligini aytdi.
"Mundo Deportivo" nashrining ma'lum qilishicha, jamoaning juma kungi mashg'ulotlarida bosh murabbiy bir necha bor mashg'ulotlarni to'xtatib, texnik jihatlarga tuzatishlar kiritgan.
- Menga toshbaqalar kerak emas! Tezroq, tezroq, tezroq uzatamiz! - deb qichqirdi Simeone o'yinchilarga.
Argentinalik mutaxassis, shuningdek, pressing, raqiblar uchun bo'sh zonalar ochib qo'ymaslik bo'yicha ko'rsatmalar bergan.
"Agar biz to'rt metr masofani ushlab tursak, u xotirjamlik bilan burilib, zarba beradi. Yaqinroq, yaqinroq, yaqinroq! - deya tushuntirardi Simeone.