Diego Karlos "Fenerbaxche"dan yana TOP-5'ga qaytishi mumkin

"Fenerbaxche" markaziy himoyachisi Diego Karlos yana Evropaning nufuzli chempionatiga o'tishi mumkin.
Fanatik xabariga ko'ra, 31 yoshli braziliyalik futbolchiga "Lill" qiziqish bildirmoqda. Frantsuz klubi Karlosni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Transfermarkt portali futbolchini 9,5 million evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.