Rimning "Roma" klubi hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.

Record nashri xabariga ko'ra, 31 yoshli argentinalikni "Benfika" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Portugal grandi yaqin kunlarda Transfermarkt tomonidan 8 million evroga baholanayotgan futbolchi uchun rasmiy taklif yuboradi.