Dias va Nunes nega "Milan"ga qarshi o'ynamadi? Slot javob berdi

"Liverpul" ustozi Arne Slot "Milan"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida "qizillar" tarkibida Luis Dias va Darvin Nunesning yo'qligiga izoh berdi. Jamoalar o'rtasidagi o'yin Gonkongda bo'lib o'tdi va 4:2 hisobida Italiya klubi foydasiga hal bo'ldi.
"Luis Dias bugun uning kelajagi haqidagi mish-mishlar tufayli o'ynamadi," - deya Arne Slotning so'zlarini keltiradi Mirror.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Nunesning yo'qligi ehtimoliy transfer bilan bog'liq emas - urugvaylik futbolchi kichik jarohati tufayli mersisaydliklarga yordam bermadi.
Bu transfer oynasida Diasga "Bavariya" faol qiziqmoqda. O'tgan mavsumda kolumbiyalik futbolchi "Liverpul" safida 50 ta o'yinda 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Nunesning statistikasi kamtarroq - 47 o'yinda 7 gol va 7 golli uzatma.