Di Mariya Argentinaga qaytganidan so'ng debyut o'yinida gol urdi

"Rosario Sentral" vingeri Anxel Di Mariya Argentina chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Godoy Kruz"ga (1:1) qarshi o'yinda gol urdi.
37 yoshli argentinalik 78-daqiqada penaltidan unumli foydalandi. Qanot hujumchisi uchun bu "Rosario Sentral"ga qaytganidan keyin debyut o'yinidagi birinchi gol bo'ldi.
May oyi oxirida Di Mariya "Rosario Central"ga qaytishini e'lon qildi. Evropadagi faoliyati davomida yarim himoyachi 30 ta sovrinni qo'lga kiritgan, ular orasida Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi bor.