Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderning ringga qaytish rejalari oshkor bo'ldi.

Amerikalik 39 yoshli bokschining menejeri Shelli Finkelning so'zlariga qaraganda, uning mijozi yil oxirigacha ringga qaytadi. 

"Deonteyning rejalari — yil so'nggi qadar qizib olish uchun batta jang tashkil qilamiz. Keyin 2026 yil uchun katta janglarga murojaat etamiz. Ko'ramiz, balki Aleksandr Usik yoki Entoni Joshua bilan jang o'tkazarmiz", — dedi Uaylderning menejeri Shelli Finkel WBN nashriga bergan intervyusida.