Dembele navbatdagi sovrinni qo'lga kiritganidan so'ng "Oltin to'p" haqida gapirdi

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele UEFA Superkubogida "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Oltin to'p" haqidagi savolga javob berdi.
"Oltin to'p"? Murabbiy aytganidek, individual mukofotlar ajoyib, lekin eng muhimi - jamoa bilan sovrinlar yutish," - deya 28 yoshli futbolchining o'yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi 90min.
"Oltin to'p"ni topshirish marosimi 22 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Usmon Dembele sovrin uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.