"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele UEFA Superkubogi uchun "Tottenxem"ga qarshi o'yindagi g'alabaga (2:2, pen - 4:3) munosabat bildirdi. 28 yoshli frantsuz uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Klub uchun yana bir evrokubok sovrinini qo'lga kiritdik - bu aql bovar qilmaydi. 31 may kuni Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganimizdan so'ng, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdik. Mavsumni sovrin bilan boshlash juda ajoyib. Biz o'zimiz bilan juda faxrlanamiz. "PSJ" sovrinlar uchun kurashishda davom etishi va ularning barchasini qo'lga kiritishi kerak," - deya Dembelening so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.