Dembele: "Evropaning eng kuchli jamoasimiz"

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele UEFA Superkubogi uchun "Tottenxem"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda (2:2, penaltilar seriyasida 4:3) g'alaba qozongandan so'ng, Parij jamoasi 2025 yilda Evropaning eng kuchli jamoasi ekanligini ta'kidladi.
"PSJ" hali Chempionlar Ligasida kurashayotgan va har bir o'yinda oldinga intilayotgan paytda, ayniqsa 1/8 finalda menimcha Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan "Liverpul"ni engganimizdan keyin, o'zimizga har qanday natijaga erishish mumkinligini aytardik. Chorak final, yarim final, final. 2025 yilda biz Evropadagi eng yaxshi jamoamiz," - deya Dembelening so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.