Dembele 2025 yilda 37 ta o'yinda 38 ta golda qatnashdi

UEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda Usmon Dembele golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.
"PSJ" vingeri ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 4-daqiqada Gonsalu Ramushning goliga assistentlik qildi. Shu tariqa parijliklar "Tottenxem" bilan o'yinda hisobni tenglashtirdi - 2:2.
2025 yilda "Oltin to'p"ga da'vogarlardan biri 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, klub va Frantsiya terma jamoasi safida 28 ta gol urdi.