Hujumkor yarim himoyachi Tobias Del Pero faoliyatini D Seriyaning "Sanremeze" klubida davom ettiradi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Transfer tafsilotlari va shartnomaning shaxsiy shartlari noma'lum.

Tobias o'tgan mavsumni "Empoli" U-18 tarkibida o'tkazdi. Bungacha 17 yoshli italiyalik futbolchi Ispaniyaning "Xetafe" va "Alkoron" klublarida to'p surgan.

U Italiya terma jamoasi va "Yuventus"ning sobiq futbolchisi Alessandro Del Peroning o'g'li hisoblanadi.