Deku oldiga yangi vazifa qo'yildi

"Barselona" rahbariyati agentini almashtirgan jamoa yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Fernando Polo ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, de Yong yakshanba kuni "Barselona" qarorgohiga qaytadi. U qaytishi bilanoq klub sport direktori Deku futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazmoqchi. Ta'kidlanishicha, "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta ham De Yong bilan shartnomani uzaytirishni qo'llab-quvvatlamoqda.
De Yong "Barselona" safida 2019 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. O'tgan mavsumda 28 yoshli xavbek barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.