Deku Joze Mourinoni futbolchilik faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy deb topdi.

"Uning men uchun nimani anglatishini hisobga olsak, faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy Mourino bo'lgan. U juda yaxshi mutaxassis.

Men uning qo'l ostida bir necha yil ishladim (2002 yildan 2004 yilgacha). O'shanda u inqilobchi murabbiy edi: mashg'ulotlarda biz raqiblarni izdan chiqarib yuboradigan narsalar ustida ishlardik", - dedi "Barselona" sport direktori.

Mourino qo'l ostida "Portu" ikki marta Chempionlar ligasi, UEFA kubogi va Portugaliya chempionligini qo'lga kiritdi.