De Xea: "Butun umr "MYu"da o'ynagan bo'lardim"

"Fiorentina" darvozaboni David de Xea butun umri davomida o'ynashga tayyor bo'lgan klub nomini aytdi.
"Muxlislar hali ham menga yozishadi. Men "Manchester Yunayted"da ko'p yillarni o'tkazdim, bu mening uyim - u erda bir umr qolgan bo'lardim. Lekin futbol shunday: siz kutmagan narsalar sodir bo'ladi. Masalan Florentsiyaga kelish imkoniyati kabi", - dedi de Xea Cronache di spogliatoio bilan suhbatda.
David de Xea 2011 yildan 2023 yilgacha "Manchester Yunayted"da o'ynagan. 2024 yilning avgustida u "Fiorentina"ga erkin agent sifatida qo'shilgan.